«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga transfer qilinishi mumkinligiga hech qanday izoh bermayotgan bo`lsada, muxlislar va matbuot uchun intriga qilishda davom etmoqda, deb ma`lum qiladi Tribuna nashri.
Bu safar u «Tvitter»dagi sahifasida ko`plab savollarga sabab bo`lishi mumkin bo`lgan suratni joylashtirdi. Suratda Neymar Gaga Milano firmasi soatlarini joylashtirib, unga «bu mening soatim» degan izoh qoldirdi.
Eslatib o`tamiz, so`nggi kunlarda matbuotda Neymarning «PSJ»ga o`tishi mumkinligi ko`p muhokama qilinmoqda. Jamoadoshlari uni jamoada qolishga urinayotgan bo`lsa, Parij klubi unga juda e`tiborli taklif bilan chiqmoqda.