AsosiyDunyo

JEYMS KEMERON TERMINATOR HAQIDA YaNGI TRILOGIYaNI SURATGA OLIShGA VA`DA BERDI

'JEYMS KEMERON TERMINATOR HAQIDA YaNGI TRILOGIYaNI SURATGA OLIShGA VA`DA BERDI'ning rasmi

Kinorejissyor Jeyms Kemeron Terminator haqidagi yangi trilogiyani suratga olishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. Kinematograf franshiz huquqining ma`lum qismini o`ziga qaytargandan keyingina, 2019 yildan so`ng film ekran yuzini ko`radi.

Amerikalik kinorejissyor Jeyms Kemeron Terminator haqidagi yangi trilogiyani suratga olishni rejalashtirmoqda. Rejissyorning ma`lum qilishicha, ayni paytda Terminator haqidagi butun jahon frashizining huquqiy egasi bo`lmish Devid Ellison bilan muzokara olib borilmoqda.

Rejissyor Terminator haqidagi filmni yangi bosh qahramon ishtirokida suratga olishni istaganligini, ammo oldin kiborgni yo`q qilish yoki yangilash zarurati bor-yo`qligini aniqlash lozimligini ma`lum qildi.

“Terminator: Genezis” jangari filmining beshinchi qismi 2015 yilda ekran yuzini ko`rgan edi. Keyinroq OAVlar Paramount Pictures kinokompaniyasi rahbariyati filmning so`nggi lentasini tomosha qilib, hafsalasi pir bo`lganini, franshizni moliyalashtirishni to`xtatganligini ma`lum qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar