1

​BIRINChI TIBBIY YoRDAMDA YO`L QO`YILADIGAN 10 TA XATOLIK

Salomatlik 26.07.2017, 16:50
Teglar: Salomatlik
​BIRINChI TIBBIY YoRDAMDA YO`L QO`YILADIGAN 10 TA XATOLIK

Favqulodda yuz berishi mumkin bo`lgan holatlardan hech kim himoyalanmagan. Aynan shunday vaziyatlarda birinchi yordamni to`g`ri ko`rsatish muhimdir. Lekin ba`zan yordam beraman deb, zarar qilib qo`ygan paytlarimiz ham bo`lib turadi.

Bunday bo`lmasligi uchun esa tibbiy yordamdagi xatoliklarimizni bilishimiz darkor. Oilaviy shifokor Yulduz KARIMJONOVA ko`magida birinchi yordam ko`rsatishni o`rganamiz.

KUYGAN JOYGA YoG` SURTMANG!

Teri kuyganda darrov g`oz moyini qidirishga tushsangiz, xato qilasiz. Moyni kuygan joyga surtishingiz zahoti u erda parda hosil bo`lib, havo kirmaydi, oqibatda yara bitishi qiyin bo`lib, ancha vaqtgacha og`ritadi ham.

NIMA QILISh KERAK: Eng yaxshisi, kuygan joyni sovutish kerak. Agar kichik joy kuygan bo`lsa, sovuq suvga tuting. Xalqona choralardan eng samaralisi – xo`jalik sovunidan surtish. Sovun bu ishqor, kuyish esa kimyoviy ta`sir. Ishqor doim kislotali ta`sirni bosadi, qarabsizki, kuygan joyda pufak ham hosil bo`lmaydi, achishmaydi ham. Bu aytganlarimiz kunda yuz beradigan kuyishlarga tegishli. Ammo jarohat ancha chuqur va og`riqli bo`lsa, uni sovuq suvda yuvib, ustiga steril mato ( paxta emas) qo`yib, tezroq shifoxonaga borish kerak.

YOD VA BRILLIANT YaShILI QANI?!

Yiqilish natijasida qo`l yoki tizzada katta, ochiq yara paydo bo`lsa darrov yod yoki brilliant yashili bilan ishlov berishga shoshilmang. Bu shikastlangan terini yanada kuydirib, keyinchalik chandiq qoldirishi mumkin.

NIMA QILISh KERAK: Yarani mikroblardan tozalash uchun vodorod peroksidi yoki boshqa bir antiseptik vositani jarohat chetiga surtib, ustidan steril bintda bog`lang. Mayda kesilish va yaralar uchun yod va brilliant yashilidan bemalol foydalanish mumkin.

TITROQ BOSDIMI, O`RANIShDAN NAF YO`Q!

Isitma chiqqanda odam qaltiray boshlaydi. Bunday paytda issiq o`rangandan foyda yo`q. Axir haroratni tushirish lozim.

NIMA QILISh KERAK: Peshanaga sovuq suvda xo`llangan dokani qo`yib, shifokor ko`rsatmasiga ko`ra, isitma tushiruvchi dori iching.

TIQILIB QOLDINGIZMI, ATTANG

Ovqat paytida tiqilib qolgan odamni elkasiga ayamay qoqamiz. Shu bilan sho`rlikka yordam bergan bo`lsak, qaniydi. Nafas yo`llariga yot jism kirib qolganida uni yo`tal orqali chiqarmoqchi bo`lamiz. Bu tabiiy usul. Bunday paytda elkasiga qoqsangiz, yot jism yanada ichkari kirib, nafas yo`llarini butkul yopib qo`yishi ham mumkin.

NIMA QILISh KERAK: Oldinga egilib, chuqur, sekin nafas olib-chiqarish kerak. Bordi-yu, odam nafas olishga qiynalsa, uni oldinga egiltirib, kaft qirrasi elkadan bo`yinga harakatlantiriladi.

BURUN BITSA ISSIQ QO`YMANG

Burun bitsa, nimalar qilmaymiz. Qopchaga qizdirilgan qum, tuz, pishgan tuxum solib ikki qosh orasiga qo`yamiz. Hatto, bu holat yoqib, ancha engillab qolamiz. Aslida, bu odam uchun xavfli. Tumov kuchli bo`lsa, burundagi tomirlar kengayadi. Issiqlik shishni yanada kupaytiradi, natijada shilimshiq chiqib ketish o`rniga burunda yig`ilaveradi. Vaqtida chora ko`rmasangiz, yallig`lanish miyaga etib borishi mumkin.
NIMA QILISh KERAK? Bunday paytda tomirlarni qisqartirish kerak. Tomchi dorilar aynan shu vazifani bajaradi, qarabsizki, tumovdan asar ham yo`q.

JAROHAT ISSIQNI YoQTIRMAYDI

Pay cho`zilishi, urilish, bo`g`im chiqishida tanada doim shish paydo bo`ladi. Bunday paytda shikast etgan joyga issiq narsa qo`ymang. Og`riq battar kuchayib, shish kattalashishi mumkin.

NIMA QILISh KERAK: Harakatni cheklash, og`rigan joyga muz qo`yib, tezroq travmatologiya bo`limiga borish kerak.

BURUNDAN QON OQSA, «YuLDUZ SANAMANG»

Burun qonagan paytda boshni orqaga tashlab o`tirishni tavsiya qilamiz. Lekin bu mutlaqo noto`g`ri. Qon halqum, oshqozonga borib sizni behuzur qilishi mumkin.

NIMA QILISh KERAK? Bukchaymasdan tik o`tirib, boshni biroz oldinga engashtiring. Vodorod peroksidi eritmasida paxtani namlab, burun ichiga joylang. Ikki qosh o`rtasiga esa muz qo`yiladi.

BARNO tayyorladi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1