17.08.2013 08:26
Avstraliyalik olimlar saratonni enggani haqida ma`lum qildi
Ushbu mo``jizakor preparatni yaratish uchun dastavval olimlar kompyuter texnologiyalari yordamida dorining 25 mingta ehtimoliy variantini ishlab chiqqan. Ularning biri g`aroyib natijalarni bergan.
Natijalarga ko`ra, ushbu preparat saraton o`simtalarining barcha turlariga qarshi samarali ta`sir ko`rsatgan, deya xabar beradi “MIR24”. Dori oqsillarning hujayra arxitekturasi uchun javob beruvchi tropomiozinga ta`sir qiladi. Ushbu oqsil saratonga chalingan va sog`lom hujayralarda turli xususiyatlarga ega bo`lib, bu preparatga kasal hujayralarni nobud qilgan holda, organizmga tanlab ta`sir qilish imkonini beradi. Bunda sog`lom hujayralarga hech qanday ta`sir ko`rsatilmaydi.
2014 yil oxirida olimlar yangi preparatni neyroblastomaga chalingan bemorlarda sinab ko`rishmoqchi.