Rossiya estradasi primadonnasi Alla Pugachevaning nevarasi, Kristina Orbakayte va Vladimir Presnyakovlarning farzandi Nikita Presnyakov uylandi.
To`y suratlari Nikitaning Instagram`dagi sahifasidan o`rin oldi.
Nikita Presnyakovning ko`ngil qo`gani Rossiya xalq xo`jaligi va davlat xizmati akademiyasining 20 yoshli talabasi Alena Krasnova. To`ygacha ular bir necha yil uchrashib yurishgan.