1

ANJELINA JOLI YuZINING BIR TARAFI FALAJ BO`LIB QOLGANLIGINI MA`LUM QILDI

Dunyo 28.07.2017, 10:29
ANJELINA JOLI YuZINING BIR TARAFI FALAJ BO`LIB QOLGANLIGINI MA`LUM QILDI

Amerikalik aktrisa va rejissyor Anjelina Joli intervyu berganda, sog`ligidagi muammolar haqida gapirdi, deb ma`lumot berdi Ntv.ru nashri.

Anjelina Joli 2016 yil davomida Bella (bir taraf yuz mushaklarining) falaji va qon bosimining yuqoriligidan aziyat chekdi. Uning so`zlariga qaraganda, akupunktura yordamida kasallikdan xalos bo`lgan.

Aktrisa sog`lig`idagi muammolar haqida bir necha marotaba ma`lumot bergan. Masalan, 2013 yilda ko`krak saratoni tufayli, 2015 yilda esa tuxumdonlarni oldirish operasiyalarini boshdan kechirgan. 2016 yilda turmush o`rtog`i aktyor Bred Pitt bilan ajrashgandan keyin alkogolizmdan davolanib, tanib bo`lmas darajada ozib ketdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1