1

JURNALIST AYoL QO`LIDAGI NOUTBUGINI AMERIKALIK QORA TANLI SENATORNING BOShIGA TUShIRIB YuBORDI

Dunyo 28.07.2017, 15:22
JURNALIST AYoL QO`LIDAGI NOUTBUGINI AMERIKALIK QORA TANLI SENATORNING BOShIGA TUShIRIB YuBORDI

Amerikaning Independent Journal Review nashri muxbiri Xeyli Berd qora tanli senator, respublikachi Tim Skott (Tim Scott)ning boshiga noutbugini tushirib yubordi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri .

Mazkur rolik Twitter ijtimoiy tarmog`iga joylashtirildi. Videorolikda Obamacare islohotini bekor qilish masalasiga bag`ishlab o`tkazilayotgan yig`ilishda dunyo bexabar o`tirgan senatorning boshiga balkondan noutbuk tushib ketgani aks etgan. Bundan senator qattiq qo`rqqaniga qaramay, tan jarohati olmadi.

Berdning aytishicha, noutbuk qo`lidan tasodifan tushib ketgan. U hammaning oldida Skottdan kechirim so`rab, siyosatchidan mazkur voqeani hujum, deb tushunmaslikni iltimos qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1