1

​BARSELONADA YO`LOVChI TAShUVChI ELEKTR POEZDI HALOKATGA UChRADI (VIDEO)

Dunyo 28.07.2017, 15:54
​BARSELONADA YO`LOVChI TAShUVChI ELEKTR POEZDI HALOKATGA UChRADI (VIDEO)

Barselona shahar vokzalida elektr poezdi boshi berk ko`cha devoriga kelib urildi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.

Poezd vaqtida to`xtashga ulgura olmagan. Hodisa oqibatida 48 kishi jabrlandi, ulardan besh nafari og`ir ahvolda ekani aytilmoqda. Hozircha halok bo`lganlar haqida ma`lumot berilmagan.

Taxminan 18 kishi shifoxonaga olib ketildi, ularning orasida favqulodda to`xtashni amalga oshirishning uddasidan chiqa olmagan mashinistlardan biri ham bor. Ko`plab kishilarga platformaning o`zida tibbiy yordam ko`rsatildi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat ertalabki 7:00 da yuz berdi. Bu paytda ko`plab yo`lovchilar ish joylariga qarab yo`l olishayotgan edi. Qolgan poezdlar vokzalning boshqa yo`nalishiga o`tkazildi, Barselona hukumati hodisa yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma`lum qildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1