1

IChIDA ODAMLARI BO`LGAN, 11 YIL DAVOMIDA DARYo QA`RIDA YoTGAN AVTOMOBIL OLIB ChIQILDI (VIDEO)

Dunyo 28.07.2017, 16:27
IChIDA ODAMLARI BO`LGAN, 11 YIL DAVOMIDA DARYo QA`RIDA YoTGAN AVTOMOBIL OLIB ChIQILDI (VIDEO)

Daryo tubini tekshiruvdan o`tkazayotgan g`avvos dahshatli voqeaning guvohi bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

G`avvos bu haqda polisiyaga xabar berdi. Ichida inson jasadi bo`lgan, 11 yil ilgari daryoga qulagan avtomobil Cheboksari shahrida, Volga daryosi qa`ridan olib chiqildi.

Avtomashina salonidan 2006 yilning 7 dekabrida bedarak yo`qolgan, deb hisoblangan 25 yoshli yigit va 21 yoshli qizning jasadi topildi.

Dastlabki taxminlarga ko`ra, avtomobilning qo`l tormozi ishdan chiqishi oqibatida u qiyalikdan pastga, daryoga qulagan. Ayni paytda mutaxassislar ekspertiza o`tkazib, voqea tafsilotlarini o`rganmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1