“Barselona” klubi hujumchisi Neymar “Real”ga (3:2) qarshi kechgan o`yindan so`ng madridliklar kiyinish xonasiga kirgan va u erda 15 daqiqa bo`lgan, deya xabar qilmoqda Planeta Deportiva.
Aytilishicha, 25 yoshli futbolchi u erda Karlos Kazemiro va Marselo bilan kataloniyaliklar klubidan ketishi borasidagi masala to`g`risida suxbatlashgan.
Futbolchi kiyinish xonasidan qo`lida “Real” futbolkasi bilan qaytib chiqqan.