Aktrisa Jamila G`ofurova xonandalik faoliyatini boshladi.
U yangi qo`shig`iga klip suratga oldirdi.
"O`ngga qarab, chapga qarab" deb nomlangan taronaga ishlangan klip rejissyori Sardor Ahmedov.
Klipda Jamila G`ofurova bir necha obrazlarda namoyon bo`ladi.
Ma`lumot uchun, bu Jamila G`ofurovaning birinchi qo`shig`i emas. Avvalroq Jamila xonanda Davron Ergashev bilan "Bidir-bidir" deb nomlangan duet kuylagan edi. Mazkur duetga klip ham suratga olinib, muxlislar e`tiboriga havola etilgan edi.






