Aktyor va rejissyor bir nechta kliplar suratga olganidan xabaringiz bor.
Uzoqov bir muddat tanaffusdan keyin ijodga qaytgan xonanda Nilufarning "Aladdin" qo`shig`i uchun klip suratga oldi va klipdagi bosh qahramon Jafar obrazini yaratdi. Klip uchun maxsus tarixiy liboslar yaratildi. Grimga ham alohida e`tibor berildi. Jasmin rolini xonanda Nilufarning o`zi ijro etdi. Yigitali Mamajonov ham mazkur klipda asosiy qahramonlardan birini ijro etdi. U Jasminning sevgilisi Aladdin obrazini yaratgan.
Hozirda klipni suratga olish ishlari yakunlangan. U tez orada muxlislar e`tiboriga havola etiladi.