1

​XITOYDA XALQARO“ArMI-2017” HARBIY MUSOBAQALARI BOShLANDI

Dunyo 31.07.2017, 16:00
​XITOYDA  XALQARO“ArMI-2017” HARBIY MUSOBAQALARI BOShLANDI

Xitoyda xalqaro Armiya o`yinlari musobaqasining ochilish marosimida parashyutchilarning, gimnastlarning, shu bilan birga zalp bilan o`q otish reaktiv tizimining ko`rgazmali chiqishlari bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Musobaqalarga start berildi. Bugun harbiy mashinalar ekipaji o`z mahoratlarini namoyish qiladi. Musobaqada 150 dan ortiq jamoa ishtirok etadi. Ekipaj harbiy tayyorgarlik bo`yicha suvda, havoda va quruqlikda g`alaba uchun kurashadi.

Eslatib o`tamiz, 29 iyuldan 12 avgustga qadar Ozarbayjon, Belarus, Qozog`iston, Xitoy va Rossiya poligonlarida xalqaro Armiya o`yinlari (ArMI-2017) bo`lib o`tadi.

Mazkur tanlovda o`zbek harbiylari ham ishtirok etmoqda. Ular 9 mamlakatdan — Angola, Belarus, Venesuela, Misr, Zimbabve, Eron, Qozog`iston, Xitoy va Rossiyadan kelgan hamkasblari bilan bellashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1