1

​AMERIKALIK CAKKIZ YoShLI QIZALOQ KILIMANJARONI ZABT ETDI

Dunyo 01.08.2017, 15:02
​AMERIKALIK CAKKIZ YoShLI QIZALOQ KILIMANJARONI ZABT ETDI

AQShda yashovchi sakkiz yoshli qizaloq oilasi bilan birga Kilimanjaro cho`qqisini zabt etdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Roksi Getter (Roxy Getter) mazkur cho`qqini zabt etgan eng yosh qizaloq bo`ldi. U erishgan yutuq Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi hozircha noma`lum. Roksi 10 yoshli akasi Ben (Ben) va ota-onasi Bobbi va Sara Getter (Bobby, Sarah)lar bilan birgalikda dengiz sathidan 5895 metr balandlikda joylashgan cho`qqiga iyul oyida chiqishdi.

Amerikalik oila Tanzaniyada dam olayotganda cho`qqini zabt etishga qaror qildi. Bobbining aytishicha, ular shunchaki sayohatga otlanishgan. Oilaning do`sti ularga Kilimanjaroga chiqishni taklif qilgan.

“Roksining cho`qqini zabt etganiga hamon ishonmayapman. U biror marta charchaganidan nolimadi, to`xtamay harakat qildi. Men qizimning bu yutug`idan faxrlanaman”, dedi qizchaning otasi. Cho`qqiga chiqishda qizchaning akasi ham undan qolishmagan. Yuqorida havo harorati 13 darajadan past bo`lgan.

Kilimanjaroni 2008 yilda zabt etgan eng yosh alpinist 7 yoshli amerikalik Kits Boyd (Keats Boyd) hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1