AsosiySport

“PAXTAKOR” INGLIZ FUTBOLChISI BILAN MUZOKARA O`TKAZAYoTGANINI TASDIQLADI

'“PAXTAKOR” INGLIZ FUTBOLChISI BILAN MUZOKARA O`TKAZAYoTGANINI TASDIQLADI'ning rasmi

Avstraliya chempionatining “Pert Glori” jamoasi a`zosi Rostin Griffits faoliyatini Toshkentning “Paxtakor” klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ushbu futbolchi bilan muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabar klub matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan.

“Ayni kunlarda jamoamiz tarkibiga osiyolik futbolchini qo`shib olish yuzasidan muzokara olib bormoqda. Avstraliya A ligasida «Pert Glori» safida o`ynayotgan yarim himoyachi bilan klubimiz muzokaralarga kirishgan. Har ikki tomon kelishuvga erishgan taqdirda shartnomaga imzo chekiladi va Griffits faoliyatini jamoamizda davom ettiradi”, – deyiladi “Paxtakor” matbuot xizmati xabarida.

Boshqa yangiliklar