«Barselona» hujumchisi Neymarning «PSJ»ga transferi Ispaniya futbol ligasining (LFP) qat`iy qarshiligi tufayli amalga oshmasligi mumkin, deya xabar qilmoqda Sport nashri.
Liga rahbariyati futbolchining shartnomasidagi 222 mln evro evaziga boshqa klubga o`tishi mumkinligi haqidagi bandni muzlatib qo`ydi, bunga futbolchining otasi va kataloniyaliklar klubi o`rtasidagi kelishmovchilik sabab bo`lgan.
Neymarning otasi «Barselona»dan 26 mln evro olishi kerak edi, chunki o`tgan yili braziliyalik futbolchi jamoasi bilan 2021 yilga qadar mo`ljallangan shartnoma imzolagan va kataloniyaliklar katta Neymarga 26 mln evro miqdorida mukofot puli va`da qilganlar.
Biroq hozirda «ko`k-anorranglilar» Neymar shartnomasidagi muddatgacha o`ynab bermaguncha ushbu pulni to`lashdan bosh tortmoqdalar. Agar futbolchi qoladigan bo`lsa, barcha pul otasining hisob raqamiga jo`natiladi, teskari holatda esa barchasi sudgacha borishi mumkin.
Budan tashqari, Tebas «PSJ» moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmay 222 mln evroni qanday yo`l bilan to`lashini tushunmayapti. Ayni damda hujumchining transferi muzlatilgan.






