1

​BEN LADENNING O`G`LI OTASINING IZIDAN KETIShGA QAROR QILGANLIGINI MA`LUM QILDI

Dunyo 02.08.2017, 10:33
​BEN LADENNING O`G`LI OTASINING IZIDAN KETIShGA QAROR QILGANLIGINI MA`LUM QILDI

Dunyoning birinchi raqamli terrorchisi bo`lgan marhum Usama ben Ladenning o`g`li Hamza Saudiya Arabistoni hukumatiga qarshi tahdid qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Terrorchining 28 yoshli o`g`li Arabiston qirollik oilasidan qasd olishga qasamyod qildi. Xamza ben-Laden Pokistonda istiqomat qiladi, deb taxmin qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videoroliklarda Hamza ben-Laden marhum Saudiya shahzodasi Abdulaziz bin Rahmon Al-Saudiyni britaniya josusi, deb atadi, Saudiya Arabistoni fuqarolarini esa isyon ko`tarishga chaqirdi.

Uning so`zlariga qaraganda, saudiyaliklar Usmon xalifatiga qarshi chiqib, “islomga xiyonat qilgan”. Hamza ben-Laden bir necha marotaba odamlarni Vashingtonda, Londonda va Parijda terrorchilik hujumini uyushtirishga chaqirdi. FQR bergan ma`lumotga ko`ra, Hamza bolaligidan boshlab, “Al-qoida”ning yuzi hisoblanib kelgan.

“Terrorchilarning tarafdorlari uchun ben Ladenning o`g`li juda nufuzli shaxslardan biri hisoblanadi”, deb xabar berdi Amerika maxsus xizmati xodimlari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1