AsosiyDunyo

​ShVARSENEGGER TUG`ILGAN KUNIDA STALLONE BILAN RAQSGA TUShDI

'​ShVARSENEGGER TUG`ILGAN KUNIDA STALLONE BILAN RAQSGA TUShDI'ning rasmi

Arnold Shvarsenegger tug`ilgan kuniga bag`ishlab o`tkazilgan kechada Silvestr Stallone bilan gavaycha raqsga tushdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Gavaycha xuli raqsi ijrosi aks etgan videorolikni Arnold Shvarsenegger Instagram ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga joylashtirdi. Sobiq Kaliforniya gubernatori va mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger yaqinda 70 yoshga to`lganini nishonladi. U videorolikning tagida tug`ilgan kuni bilan qutlaganlarga minnatdorchilik bildirib, izoh yozdi.

O`z navbatida Silvestor Stallone ham Arnold Shvarseneggerni tug`ilgan kuni bilan tabriklab, uni “fantastik dushman” va “yaxshi do`st”, deb atadi.

    Boshqa yangiliklar