Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakat qurolli kuchlarining generallariga o`q otish va pichoq irg`itish mashqlarini shaxsan o`zi namoyish etdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Ashxobod yaqinidagi bo`lib o`tgan harbiy mashqlarda Prezidentning mazkur harakatni amalga oshirgani aks etgan video “Turkmaniston xronikasi” nashriga joylashtirildi.
Videoda Berdimuhammedovning poligonga jipda kelgani, keyin avtomat va to`pponchadan o`q otgani, pichoq irg`itgani aks etgan. Mazkur voqeani tomosha qilgan yuqori mansabli zobitlar prezidentni chapak chalib olqishlagan.