AsosiySport

“LOKOMOTIV” O`Z SAFIGA NIGERIYaLIK HUJUMChINI QO`ShIB OLDI

'“LOKOMOTIV” O`Z SAFIGA NIGERIYaLIK HUJUMChINI QO`ShIB OLDI'ning rasmi

Oliy Liga ikkinchi davrasiga munosib hozirlik olib borayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi davralar oralig`ida o`z safini to`ldirish borasida ham keng ko`lamli ish olib bormoqda.

Ayni paytda “temiryo`lchilar” safida bir qator futbolchilar ko`rikda bo`lib turishibdi. Jumladan, jamoamiz bilan birgalikda Minsk shahrida tashkil etilgan xorij yig`inida ishtirok etgan nigeriyalik hujumchi Olabiran Blessing Muyiva yig`in mobaynida bir qator gollar kiritib, o`zidan ijobiy taassurot qoldira oldi.

Harakatlari jamoamiz murabbiylar shtabiga ma`qul kelgan 18 yoshli iste`dod egasi bugun “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi va “temiryo`lchi”ga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.

Ta`kidlash joizki, Olabiran Blessing Muyiva joriy mavsumning ilk davrasini Moldovaning “Saksan” klubi tarkibida o`tkazdi. “Saksan” safida 10 ta uchrashuvda maydonga chiqqan futbolchi bir bor raqiblari darvozasini ishg`ol etdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bugun Olabiran Blessing Muyiva katta ehtimol bilan “Lokomotiv” tarkibida debyut qiladi.

Boshqa yangiliklar