The Americans seriali ijodkorlari sobiq sho`ro tuzumi haqida olgan filmda jinoyatchilar nomini rossiyalik mashhur futbolchilar nomi bilan atadi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Filmning 11-seriyasidagi kadrda jinoiy guruh a`zolarining nomi yozilgan daftarni ko`rish mumkin. U erda “Rostov” hujumchisi Aleksandr Buxarov, “Spartak”ning sobiq hujumchisi Nikita Bajenov, SSKA himoyachisi Viktor Vasin, “Zenti”dan Yuriy Jirkov va ko`plab boshqa Rossiya futbolchilari nomlarini uchratish mumkin.
Shuni ta`kidlash joizki, daftarda nafaqat futbolchilarning familiyasi balki o`zining va otasining ismi ham mos kelgan.






