AsosiySport

PLYaJ FUTBOLI: O`ZBEKISTON JAHON REYTINGIDA O`Z O`RNINI SAQLAB QOLDI

'PLYaJ FUTBOLI: O`ZBEKISTON JAHON REYTINGIDA O`Z O`RNINI SAQLAB QOLDI 'ning rasmi

Plyaj futboli bo`yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e`lon qilindi. Unga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi 169 ochko bilan jahon reytingida 59-pog`onani saqlab qoldi.

Osiyo mintaqasi terma jamoalari orasida O`zbekiston 11-o`rinni band qilib turibdi. OFKga a`zo mamlakatlar reytingida Eron termasi 3156 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo`lsa, Yaponiya (1730) va BAA (1418) kuchli uchlikdan joy oldi.

OFKga a`zo mamlakatlar reytingining dastlabki 15 pog`onasi quyidagicha ko`rinish olgan:

1 (3). Eron – 3156 ochko

2 (8). Yaponiya – 1730 ochko

3 (10). BAA – 1418 ochko

4 (15). Ummon – 1041 ochko

5 (23). Livan – 726 ochko

6 (37). Tailand – 428 ochko

7 (43). Xitoy – 315 ochko

8 (44). Bahrayn – 311 ochko

9 (47). Vetnam – 276 ochko

10 (52). Afg`oniston – 235 ochko

11 (59). O`zbekiston – 169 ochko

12 (60). Qatar – 160 ochko

13 (70). Malayziya – 102 ochko

14 (77). Iroq – 86 ochko

15 (82). Laos – 76 ochko

Izoh: Qavs ichida terma jamoalarning dunyo reytingidagi o`rni ko`rsatilgan

Braziliya 4570 ochko bilan plyaj futboli bo`yicha jahon reytingida peshqadamlikni saqlab qoldi. Portugaliya 3313 ochko bilan ikkinchi o`rinda borayotgan bo`lsa, Osiyo peshqadami Eron dunyo reytingida kuchli uchlikka kirdi.

Ma`lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil avgust oyidan 2017 yil iyul oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.

    Boshqa yangiliklar