AsosiySport

FRANSIYa ChEMPIONI MAVSUMNI QIYIN G`ALABA BILAN BOShLADI (VIDEO)

'FRANSIYa ChEMPIONI MAVSUMNI QIYIN G`ALABA BILAN BOShLADI (VIDEO)'ning rasmi

4 avgust kuni Fransiya chempionatining yangi 2017/18 yilgi mavsumiga start berildi. Mavsumni amaldagi chempion «Monako» o`z maydonida «Tuluza»ni qabul qilib, boshlab berdi.

Uchrashuvda Leonardu Jardim shogirdlari katta qiyinchiliklarga duch kelishiga qaramasdan irodali g`alabaga erishning uddasidan chiqdi. Monegaskliklar ikki bor hisobda ortda bora turib, yakunda Falkao va Kamil Glikning gollari evaziga uch ochkoni qo`lga kiritishga erishdi.

Monako – Tuluza 3:2 (1:1)

Gollar: Jemerson (28), Falkao (58), Glik (70) – Mashash (6), Delor (53).

Monako: Subashich, Jemerson, Jorje, Sidibe, Glik, Lopesh (Karrilo, 54), Fabino, Moutino, Lemar, Falkao (Tilemans, 87), Mbappe (Sent-Maksimen, 75).

Tuluza: Lafon, Yago, Mubanje, Amen Adu, Jyulen, Durmaz (Sanogo, 73), Sangare (Bodijer, 64), Blen, Mashash (Somalia, 55), Jan, Delor.

Ogohlantirishlar: Sangare (25), Mashash (30), Moutino (49), Mubanje (81).

Boshqa yangiliklar