Ispaniyaning “Sevilya” klubi himoyachisi Diego Gonsales Polanko faoliyatini “Malaga”da davom ettiradi.
Futbolchi “anchouslar” bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. 2015 yil Gonsalesni 800 ming evroga sotib olgan andalusiyaliklar bugun uni 2 mln evroga sotdi.
Polanko “Sevilya” safida jami 5 ta o`yin o`tkazganini qo`shimcha qilish joiz.