Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal A Seriyaga qaytishi mumkin, deb ma`lum qiladi Sports.uz internet-nashri.
Italiya matbuotining qayd etishicha, 30 yoshli futbolchi Milanning “Inter” klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolashga kelishib olgan. Uning bu erdagi yillik maoshi esa soliqlardan tashqari sof 7,5 mln evroni tashkil etadi.
Ilgariroq, “neradzurrilar” chililik futbolchi uchun 50 mln evro to`lashga tayyor ekanligi aytilgan edi. Biroq “Bavariya” futbolchini qo`yib yubormagan edi.