Italiyaning “Milan” jamoasi hujumchisi Karlos Bakka o`z faoliyatini yana Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
AS nashrining xabar qilishicha, kolumbiyalik futbolchi Rossida bo`lib o`tadigan JCh-2018 musobaqasidan oldin doimiy o`yin amaliyotiga ega bo`lmoqchi. Shuning uchun Bakka “Sevilya”ga qaytishga tayyor bo`lib turibdi.
Eslatib o`tamiz, Karlos Bakka “Milan”ga o`tishdan avval aynan “Sevilya” klubida to`p surib, yuqori darajaga ko`tarilgan edi.