Amerikaning Minnesota shtatidagi machitda portlash bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Voqea Blumington shahrida ro`y berdi. Hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda. Guvohlar bergan ma`lumotga ko`ra, portolovchi qurilma machitga deraza orqali tashlangan. Amerika musulmonlari jamiyatining Minnesota bo`limi direktori Asad Zamonning so`zlariga qaraganda, portlovchi modda furgon yoki yuk mashinasidan tashlangan.
Tashkilot portlashni amalga oshirgan shaxs haqida ma`lumot bergan odamga 10 000 dollar mukofot puli berishini ma`lum qildi. Portlash ro`y berganda machitda 15-20 kishi bo`lgan.






