AsosiyDunyo

​FRANSUZLAR MAKRONNING RAFIQASIGA BIRINChI XONIM UNVONI BERILIShIGA QARShI BO`LDI

'​FRANSUZLAR MAKRONNING RAFIQASIGA BIRINChI XONIM UNVONI BERILIShIGA QARShI BO`LDI'ning rasmi

150 mingdan ortiq fransuzlar mamlakat prezidentining rafiqasi Brijit Makronga rasmiy tarzda birinchi xonim unvoni berilishidan norozi bo`lib, petisiya yozdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Emmanuel makron saylov oldi kampaniyasida mabodo g`alaba qozonsa, rafiqasi “ijtimoiy rol” o`ynashini ma`lum qilgan edi. Aynan paytda birinchi xonim rasmiy unvonining berilishi masalasi Fransiya Milliy kengashi e`tiboriga havola etildi.

Petisiya matnida kampaniya tashkilotchisi, “Milliy tenglik” jamoatchilik harakati rahbari Terri Vallet ayni paytda Brijit Makronning 2-3 nafar yordamchisi, 2 nafar kotibi va 2 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari mavjudligini, ularning soni etarli ekanligini ta`kidladi. “Davlat rahbarining rafiqasi davlatga tegishli mablag`dan foydalanishi uchun hech qanday sabab yo`q”, dedi Terri Vallet.

Petisiya matni kampaniya tashabbuskorlari tomonidan change.org saytiga joylashtirildi. Hujjatga yakshanba kunning o`zida 150 kishi imzo chekdi va u mamlakat rahbari Emmanuel Makron va hukumat rahbari Eduard Filippga taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar