Germaniyaning Myunxen shahrida yashovchi 40 yoshli Devid Benjamin jamoat transportida yurishdan charchagandan, ishga etib olishning ajoyib yo`lini o`ylab topdi, deb xabar topdi Vesti.ru nashri.
Mana ikki yildirki, u ishga uyining yonidan oqib o`tuvchi Izar daryosi orqali suzib boradi. U suvga tushishdan oldin kostyumi va noutbugini suv o`tkazmaydigan maxsus sumkaga solib oladi.
Bendjaminning aytishicha, suzish uni turli asabbuzarlik va tashvishlardan qutqargan. Uning ishxonasigacha bo`lgan masofa oqim bo`yicha ikki kilometrni tashkil etadi. Qo`lida sumka esa charchagan vaqtda matras vazifasini o`taydi.
Devid Benjamin har kuni ertalab, daryoga tushib, ishga suzib boradi. Qirg`oqqa etib borgach, suvdan chiqib, artinib, kostyumini kiyadi va skameykada o`tirgancha hamkasblarini kutadi. Benjamin xavfsizlik choralariga qat`iy rioya qiladi. Har safar daryoga tushishdan oldin suvning haroratini o`lchaydi, oqimning tezligini tekshiradi.






