1

Toshkentning eng mohir qassoblari aniqlandi

Shou-biznes 12.11.2013, 10:30
Toshkentning eng mohir qassoblari aniqlandi
20 oktyabr kuni Poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy nomli madaniyat va istirohat bog`ida "Qassoblar musobaqasi" o`tkazildi.

20 oktyabr - Xalqaro oshpazlar kuni munosabati bilan O`zbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur chempionat ilk bor tashkil qilindi.
Musobaqa davomida qo`y go`shtini bo`laklarga ajratish tanlovi va uning qismlaridan turli taomlar tayyorlash bo`yicha mahorat darslari o`tkazildi.
Bundan tashqari tadbir doirasida go`shtga ishlov berish texnologiyasi bo`yicha seminar va konsert dasturi, savdo-yarmarkasi va taomlarni ta`tib ko`rish tadbirlari bo`lib o`tdi.
Tanlovda yirik supermarketlar, do`konlar, ulgurji bazalar va go`sht markazlarining professional mutaxassislari va Toshkent bozorlarining qassoblari ishtirok etdilar.
Musobaqa yakuniga ko`ra, birinchi o`rin Korzinka.uz qassobi Rahimjon Jalilov va Xayrulla Azimovga nasib qildi. Qassob Servis vakili Sharifiddin G`anievga ikkinchi o`rin va "Eng mohir qassob" unvoni berildi.
"Eng an`anaviy qassob" uvnoni va 3-o`rin Abzaljon Yo`ldoshevga nasib qildi. Shuningdek, Xayrulla Hikmatov va G`aybulla Abduraimov ("FATX" MChJ) "Eng pokiza qassob" deb e`lon qilindi hamda musobaqa diplomi bilan taqdirlandi.G`oliblar ARTEL savdo belgisining elektr mini-pechlari bilan taqdirlandilar.









Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1