Rossiya televideniesi Birinchi kanalining matbuot xizmati boshlovchi Aleksandr Oleshko bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinganligini tasdiqladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Birinchi kanal uzoq vaqtlardan beri “Toch-v-toch” shousida va telekompaniyaning boshqa loyihalarida boshlovchilik qilgan Aleksandr Oleshkoning ketish sababiga izoh berdi. Matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, aktyorga mos bo`lgan boshqa loyiha yo`qligi tufayli shartnoma uzaytirilmagan. Aleksandr Oleshko endi “Birinchi kanal” xodimi hisoblanmaydi.
OAVlarda teleboshlovchi NTV kanalida mehnat faoliyatini davom ettirishi haqidagi xabarlar tarqalganiga qaramay, mazkur ma`lumot o`z tasdig`ini topgani yo`q.






