AsosiyDunyo

​45 YoShLI ANDREY MALAXOV ILK MAROTABA OTA BO`LADI

'​45 YoShLI ANDREY MALAXOV ILK MAROTABA OTA BO`LADI'ning rasmi

O`tgan haftada barcha OAVlar 45 yoshli boshlovchi Andrey Malaxovning Birinchi kanaldan ketganligini muhokama qilgan edi, deb yozdi Sosmo.ru nashri.

Taxminlarga ko`ra, Andrey Malaxov prodyuser bilan kelisha olmagan, aslida esa uning ishdan ketishiga boshqa narsa sabab bo`lgani aniqlandi. Nashrning xabar berishicha, yaqinda Malaxovning oilasi bir kishiga ko`payadi. Teleboshlovchining rafiqasi, 37 yoshli Natalya Shkuleva homilador ekanligi ma`lum bo`ldi.

Er-xotin Malaxovlar bu yangilikka izoh berishmadi, ammo Andreyning yaqinlari u homilador rafiqasining oldida bo`lish uchungina ishdan bo`shaganligini ma`lum qilishdi. Teleboshlovchi “Pust govoryat” ko`rsatuvini tark etishni istamagan, u ko`proq rafiqasi bilan birga bo`lish uchun dekret ta`tiliga chiqmoqchi bo`lgan. Biroq teleboshlovchining bu qarori telekanal rahbariyatiga yoqmagan, unga ishni davom ettirish yoki ishdan bo`shab, chaqaloqqa enagalik qilish ultimatumi qo`yilgan.

Rossiya qonunchiligiga binoan nafaqat ona, balki ota, ayolning biror yaqin qarindoshi ham dekret ta`tiliga chiqishi mumkinligi uchun Andrey Malaxovning telekanal rahbariyatining mazkur ultimatumidan jahli chiqdi. Oqibatda u oilani ishdan ustun qo`ydi!

    Boshqa yangiliklar