AsosiyJamiyat

​IKKI NAFAR O`ZBEKISTONLIK QIZ “KOINOT TABASSUMI-2017” XALQARO GO`ZALLIK TANLOVINING FINALIGA ChIQDI

'​IKKI NAFAR O`ZBEKISTONLIK QIZ “KOINOT TABASSUMI-2017” XALQARO GO`ZALLIK TANLOVINING FINALIGA ChIQDI'ning rasmi

“Koinot tabassumi-2017” xalqaro go`zallik tanlovining tashkiliy qo`mitasi finalga chiqqan o`zbekistonlik qizlarning nomlarini loyihaning yakunlovchi bosqichida e`lon qiladi, deb xabar berdi Nuz.uz nashri.

Ular toshkentlik Laylo Musaeva va Madina Rashidovalardir.
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi ona sayyoramizda yashovchi turli millat vakillari o`rtasida do`stlik aloqalarini mustahkamlashdir. Tanlovning asosiy vazifasi atrofdagi odamlarga yaxshi munosabatda bo`lish uchun tabassumni targ`ib qilishdan iboratdir.

Loyihaning maqsadi dunyoning turli burchaklarida yashovchi, eng chiroyli tabassum egasi bo`lgan pozitiv ayol va qizlarni izlab topishdir. Ayni paytda Avstraliya, Qozog`iston, Rossiya va Litva davlatlarining ishtirokchilari ham tanlov finaliga chiqdi.

Avgust oyida tanlovning barcha finalchilari aniqlangach, hakamlar Koinotning (Top-3) eng chiroyli tabassum egasi bo`lgan ayolini aniqlaydi va tanlov g`olibasining nomi e`lon qilinadi. Tanlov g`olibasi 2000 dollar pul mukofotidan tashqari, xalqaro go`zallik tanlovlarida hakamlar hay`ati a`zosiga aylanish imkoniyatiga ega bo`ladi va ijtimoiy loyihalarda qatnashish huquqini qo`lga kiritadi.

    Boshqa yangiliklar