Sergeli tumanida joriy yilning 8 avgust kuni Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Sergeli 6-dahasida joylashgan “Iste`molda bo`lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do`kon oldida o`g`rilik qilgan shaxs qo`lga olindi.
Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi "Darakchi.uz" ga xabar berdi.
Sergeli tumanida 8 avgust kuni soat 10.30 da, 1997 y.t. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi Z.D. Sergeli 6-dahasida joylashgan “Iste`molda bo`lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do`kon oldida turgan, 1994 y.t. Sergeli tumani 8A-dahada yashovchi X.X.ga tegishli bo`lgan, narxi 1.200.000 so`mlik bo`lgan “Damas” rusumli avtoulovining orqa tortish moslamasini o`g`rilab, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlangan. Daliliy ashyo sifatida ehtiyot qism olingan.
Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro Z.D.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 169 m. 1-q. bilan jinoyat ishi ko`zg`atildi.