AsosiySport

TOShKENTDA “PAXTAKOR-79” XOTIRASIGA BAG`IShLANGAN TADBIRLAR O`TKAZILDI

'TOShKENTDA “PAXTAKOR-79” XOTIRASIGA BAG`IShLANGAN TADBIRLAR O`TKAZILDI 'ning rasmi

Bugun, 11 avgust kuni “Paxtakor-79” a`zolari vafotiga sabab bo`lgan aviafalokat sodir bo`lganiga 38 yil bo`ldi. Shu munosabat bilan 11 avgust kuni Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazildi.

Avvaliga soat 09:00 da futbol jamoatchiligi “Paxtakor” stadioni hududida joylashgan “Paxtakor-79” yodgorligi oldida to`plandi. Stadion hududida joylashgan “Paxtakor-79” yodgorligi yonida bo`lgan xotirlash marosimida aviaholakat oqibatida hayotdan ko`z yumgan futbolchilar bilan birga faoliyat olib borgan To`lagan Isoqov hamda Narimon Jalolov so`zga chiqib, marhum paxtakorchilarni xotirladi.

“Paxtakor” stadionidagi tadbir yakunlangach, yig`ilganlar aviafalokat oqibatida dunyodan ko`z yumgan futbolchilar sharafiga o`rnatilgan yodgorlikni ziyorat qilish uchun “Botkin” qabristoniga tashrif buyurishdi.

Qayd etish joiz, 5–9 avgust kunlari 2002 yillarda tavallud topgan bolalar o`rtasida “Paxtakor-79” xotirasiga bag`ishlangan “Xotira qanotlari” turniri bo`lib o`tdi. Finalda “Paxtakor” va “Yangier” jamoalari o`zaro bahs olib bordi. O`yinning ikkinchi bo`limda kiritilgan yagona to`p o`yin taqdirini hal qildi va Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi yosh “Paxtakor” jamoasi xotira turniri g`oliblariga aylandi.

Uchinchi o`rin kechgan bahsda Namangan OZK futbolchilari “Paxtakor-2”dan 3:2 hisobida ustun keldi. Musobaqaning yopilish marosimida Birodar Abduraimov, To`lagan Isoqov, Nikolay Lyubarsev, Vitaliy Kapustyanskiy va Narimon Jalolov kabi futbol faxriylari hamda “Paxtakor” bosh direktori Dmitriy Adisman ishtirok etishdi.

Boshqa yangiliklar