Filippin hukumati maktab va ofis binolaridagi odamlarni evakuasiya qildi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.
Filippinning Luson orolida 6,2 balli zilzila bo`ldi. Er osti silkinishining epimarkazi Balayan aholi punktidan 8,1 km uzoqlikda joylashgan bo`lib, zilzila o`chog`ining chuqurligi 168,2 kilometrni tashkil etgan.
Mamlakat poytaxti Manila shahrida kuchli er silkinishi kuzatilib, mahalliy hukumat maktab va ofis binolaridagi odamlarni, shu bilan birga prezident saroyidagilarni ham evakuasiya qildi. Qurbon bo`lganlar va jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q.






