AsosiyJamiyat

​ULUG`BEK INOYaTOV: “YaNGI O`QUV YILINI MUHIM O`ZGARIShLAR BILAN BOShLAYaPMIZ”

'​ULUG`BEK INOYaTOV: “YaNGI O`QUV YILINI MUHIM O`ZGARIShLAR BILAN BOShLAYaPMIZ”'ning rasmi

O`zbekiston Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov Uzbekiston24 telekanaliga bergan intervyusida yangi o`quv yili, fuqarolar talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, yangi o`zgarishlar bilan boshlanayotgani haqida so`zlab berdi.

Yangi o`quv yili boshlanishi munosabati bilan 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar mamlakatimizning 1300 dan ortiq hududlarida maktab yarmarkalari tashkil etiladi. Unda 26 turdagi zaruriy o`quv qurollari va jihozlari taqdim etiladi.

Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov: Fuqarolarimiz taklif va istaklarini e`tiborga olgan holda yangi o`quv yilini yangi o`zgarishlar bilan boshlayapmiz. Birinchi navbatda davlat ta`lim standartlari yangidan takomillashtirildi. Natijada yangi o`quv yilidan boshlab matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari yangi dasturlar va yangi metodlar asosida o`qitiladi.

Albatta bunday metodda o`qitish uchun birinchi navbatda o`qituvchilarning o`zi tayyor bo`lishi kerak. Bu borada tizimda faoliyat ko`rsatayotgan kimyo, fizika, biologiya, matematika o`qituvchilarini maxsus malaka oshirish kurslarida qayta tayyorlayapmiz.

Shuningdek, bizda an`anaviy o`qitib kelinayotgan mehnat ta`limi fani yangi o`quv yilidan boshlab texnologiyalar deb nomlanib, takomillashtirilgan dasturlar asosida olib boriladi. Bundan tashqari, yangi o`quv yilida birinchi sinf o`quvchilarini soni har bir sinfda 35 nafar deb belgilandi.

Bu yil beshinchi sinfda chet tilini Evropa ta`lim standartlari asosida A 2 darajasida o`qitish boshlanadi.

Yangi o`quv yilidan boshlab, umumta`lim maktablarida o`quvchilar 10 sinflarda o`qishni davom ettirishadi. Bizdagi ma`lumotlarga qaraganda bu yil 350 mingdan ortiq o`quvchilar 10 sinfda o`qishni davom ettirishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan bugungi kunda nashriyot-matbaa uylari bilan birgalikda 10 sinfning 12 fani bo`yicha tuzilgan yangi o`quv reja va dasturlar asosida darsliklar tayyorlanmoqda.

O`quv rejalari va fan dasturlarini tuzayotganimizda jahon tajribasini o`rganib chiqdik. Birinchi navbatda o`zimizda amaldagi davlat ta`lim sifatlari, bundan avval o`qitilgan 10-11 sinflar hamda hozirgi kunda o`qitilayotgan lisey va kollejlardagi umumta`lim fanlarini dasturlari, 11 yillik ta`lim joriy etilgan davlatlar — Rossiya, Qozog`iston hamda Buyuk Britaniyaning o`quv rejalari, fan dasturlari tahlil qilinib, yangi dasturlar tayyorlandi.

Bu yil 650 ming nafar o`g`il-qiz birinchi sinfda o`qishni boshlaydi. Ularni har biriga 12 turdagi o`quv qurollari va o`quvchilik portfeli tayyorlab qo`yilgan. Shuningdek, 1-sinfga kelayotgan o`quvchilar har yili yangidan nashr etiladigan 12 nomdagi darsliklar bilan ham ta`minlanadi. Bugungi kunga kelib Xalq ta`limi vazirligi buyurtmasiga asosan 34 million nusxada darsliklar tayyorlanmoqda. 1-sinflar uchun 12 milliondan ortiq nusxadagi darsliklarni chop etib joylarga etkazib berdik.

    Boshqa yangiliklar