«O`zbekiston temir yo`llari» AJ shuni ma`lum qiladiki, yo`lovchilarning talabini qondirish va ularga xizmat ko`rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Toshkent – Samarqand yo`nalishida barcha qulayliklarga ega bo`lgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob” elektropoezdining 764/763 raqamli qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yilmoqda.
Poezdning qatnovi 2017 yil 12 avgustidan boshlab haftasiga uch marta, juma, shanba, va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Toshkentdan jo`nash vaqti soat 08:30, Samarkanddan esa – 17:00da.






