"Xalq banki" Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtdagi Oloy, Yunusobod, Qo`yliq bozorlarida bankomatlar o`rnatib chiqildi. Ayni paytda mazkur qurilmalarga tegishli dasturlar o`rnatilmoqda.

«Kun» muxbiri Oloy bozorida bo`lib, bu ma`lumotni tasdiqladi va suratlar taqdim etdi. Ayni vaqtda bozor hududida bitta bankomat mavjud.


Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mazkur bankomatlardan bir kishi bir kunda maksimum 100 ming so`m echib olishi mumkin. Bankomatlar dushanba kunidan ishlay boshlaydi.

Kelajakda bunday bankomatlar soni va geografiyasi yanada kengayib borishi rejalashtirilgan. Komissiya bo`lmaydi






