AsosiyJamiyat

BOSh VAZIR TASHKENT CITY XALQARO BIZNES MARKAZINI QURISh BO`YIChA MA`MURIY KENGAShGA RAHBARLIK QILADI

'BOSh VAZIR TASHKENT CITY XALQARO BIZNES MARKAZINI QURISh BO`YIChA MA`MURIY KENGAShGA RAHBARLIK QILADI'ning rasmi

O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tashkent City Xalqaro biznes markazini qurish bo`yicha Ma`muriy kengashga rahbarlik qiladi. Aripov hukumatning tegishli qarorini imzoladi.

Xalqaro biznes markazining Ma`muriy kengashiga biznes markaz faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatilgan.

Tashkent City xalqaro biznes markazi Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko`chalari bilan tutash bo`lgan hududda quriladi, uning loyihasi bir milliard dollarga baholanmoqda.

Hukumat tegishli vazirlik va idoralarga bir oylik muddatda Xalqaro biznes markaz hududida ob`ektlar qurilishi uchun investision takliflarni tanlov asosida tanlab olish to`g`risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasini topshirdi.

    Boshqa yangiliklar