AsosiyDunyo

PEKIN AEROPORTIDA 1,2 MINGDAN ORTIQ REYS BEKOR QILINDI

'PEKIN AEROPORTIDA 1,2 MINGDAN ORTIQ REYS BEKOR QILINDI 'ning rasmi

12 avgust kuni Pekin aeroportida momaqaldiroq tufayli 1256 ta reys bekor qilindi, 481 ta reys esa to`xtatildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu holat asosan ichki reyslarga aloqador ekani aytilmoqda.

Pekinda kuchli yomg`ir va momaqaldiroq juma kuni kechqurun boshlangan. Iqlimshunoslarning ma`lumotiga ko`ra, Xitoy poytaxtida so`nggi 12 soat ichida 20 mm yomg`ir kuzatilgan.

Xitoy poytaxtining hokimiyati aholini kuchli yog`ingarchiliklar 70 mmni tashkil etishi va suv toshqini haqida ogohlantirishdi.

    Boshqa yangiliklar