2017 yil “Halq bilan muloqot va inson manfaatlar yili” munosabati bilan Toshkent shahar Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti (keyingi o`rinda Departament deb nomlanadi) tomonidan 2017 yil 3 avgust kunidan boshlab, Toshkent shahar tumanlarida mulkchilik shaklidan qat`iy nazar yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar rahbarlari, rahbar o`rinbosarlari va harakat xavfsizligi bo`limi hodimlari ishtirokida sayyor yig`ilishlar o`tkazilmoqda.
Bugungi kungacha 6 ta sayyor yig`ilishlar tashkil etildi. Jumladan, 2017 yilning 3 avgust kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan “Toshkent vokzali” AShB, 4 avgust kuni Yashnobod tumanida “Aviasozlar” AShBda, 8 avgust kuni Mirzo Ulug`bek tumanida “TTZ” AShB, 9 avgust kuni Olmazor tumani “Qoraqamish 2/4” AShB, 10 avgust kuni Shayxontohur tumani “Chorsu savdo markazi” AShB, 11 avgust kuni Chilonzor tumani “Chilonzor buyum bozori” AShBlarda o`tkazilgan sayyor yig`ilishlarda yo`lovchilar bilan ochiq muloqot o`tkazilmoqda va ularning yo`lovchi transportining bugungi ishi bo`yicha fikrlari bilan tanishilmoqda.

Sayyor yig`ilishlar davomida yo`lovchi transporti sohasiga oid qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me`yoriy hujjatlar talablarining to`liq va sifatli bajarilishini ta`minlash bo`yicha va yo`lovchilar tomonidan bildirayotgan takliflar asosida tashuvchilarga kerakli ko`satmalar berilmoqda.
Ochiq muloqot vaqtida tashuvchilarga tegishli bo`lgan avtotransport vositalarida 1-navbatda yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlash, transport vositasining to`liq butlanganligi (o`t o`chirish moslama, dori qutisi, avariya belgisi, nur qaytaruvchi nimcha) bo`yicha mavjud bo`lgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tashuvchilarga aniq muddat va vazifalar berilmoqda.

O`z navbatida Departament mutaxassislari tomonidan tayyorlangan yangi yo`nalishlar loyihalari to`g`risida tadbirkorlarga ma`lumotlar berilmoqda. Departament boshlig`i X.X.Xolmatov tomonidan tashuvchilarga va mutasaddi hodimlarga yurtimiz mustaqilligining 26 yilligi bayrami arafasida bayram tuxfasi sifatida yangi yo`nalishlarni o`rnatilgan tartibda ochish va faoliyat olib borishini ta`minlash vazifasi yuklatildi.

Sayyor yig`ilishlarda sababsiz ishtirok etmaganliklari uchun “Toshshahartransxizmat” AJ va uning tarkibidagi avtobus korxonalari rahbarlari nisbatan chora ko`rish bo`yicha Toshkent shahar hokimi nomiga murojaat xati yuborilgan.

Sayyor yig`ilishlarining o`tkazilishi davom etmoqda va kelgusi sayyor yig`ilish 15 avgust kuni Yunusobod tumanida o`tkazishilishi rejalashtirilgan.






