AsosiyJamiyat

NAMANGANDA EKOBOG` OChILDI(FOTO)

'NAMANGANDA EKOBOG` OChILDI(FOTO)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi mustaqilliging 26 yilligi oldidan Namangan ahliga munosib sovg`a hozirlandi: “Matkarim Aziz” markaziy ekobog`i foydalanishga topshirildi.

2,5 gektar maydonni egallagan mazkur bog` markazida kattakon sun`iy ko`z barpo etilgan bo`lib, uning atrofida kattalar va bolalar attraksionlari, spor maydonchalari, qahvaxona, rasmga tushish uchun betakror manzaralar, xullas dam olish uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.


O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`tgan yilning noyabr oyida, Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuv chog`ida bu erda shahar ahlining namunali hordiq chiqarishi uchun bir qator muhim ijtimoiy ob`ektlari qatori madaniyat va istirohat bog`i barpo etilishi xususida so`z yuritgandi.

Mazkur bog` O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining moliyaviy ko`magida, Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan hamkorlar ishtirokida bunyod etildi. Yangi bog`ning o`ziga xos diyzayni, ko`zni quvontiradi: eski favvora o`rnida metall tasmani eslatuvchi installyasiya o`rnatilgan bo`lib, unda sharqona naqshlar aks etgan. Bu er fotosessiya uchun ham juda maqbul joy. Sun`iy ko`lga biriktirilgan maydonchada yozgi kafe qurilgan. Ko`lda tez orada katamaranda sayr qilish imkoni yuzaga keladi.

Bog`da sportning mini-futbol, badminton, plyaj voleyboli, tennis musobbaqalar o`tkazish imkoniyati mavjud. Bog` chetidagi ravon yo`laklar velosiped, rolik, sigvey va skeytlarda sayr qilish uchun mo`ljallangan. Bog` markazida daraxtlar biran o`ralgan maxsus orolcha joylashgan. Loyi mualliflari bu maskanni to`y fotosessiyalari va bayram tadbirlari uchun “asrab” qo`yishgan. Mazkur hududdagi sahnada bayram tadbirlari paytida taniqli yulduzlar qo`shiq va raqslar ijro etadilar.

    Boshqa yangiliklar