AsosiyDunyo

LEONARDO DI KAPRIO LEONARDO DA VINChINING ROLINI O`YNAYDI

'LEONARDO DI KAPRIO  LEONARDO DA VINChINING ROLINI O`YNAYDI'ning rasmi

Amerikalik mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio yangi filmda rassom va olim Leonardo da Vinchining obrazini yaratadi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Nashrning xabar berishicha, aktyor filmning prodeyuserlaridan biriga aylanadi. Hozircha filmning nomi va suratga olish ishlarining qachon boshlanishi noma`lum. Suratga olish huquqini Paramount kinokompaniyasini yutib oldi. Di Kaprio o`z ishi uchun etti xonali summani qo`lga kiritadi. Filmga yozuvchi va jurnalist Uolter Ayzeksonning 2017 yilning sentyabr oyida chiqadigan “Leonardo da Vinchi” asari asos qilib olingan.

Uolter Ayzekson mashhur insonlarning tarjimai holi haqida yozgan asarlari bilan mashhurdir. Uning Stiv Jobs haqidagi kitobi bestsellerga aylanib, asar asosida film suratga olingan edi. Di Kaprioning o`zi mazkur rolni o`ynashni istayotganligini tan oldi, chunki aktyorning onasi homiladorlik vaqtida Florensiyadaga Uffisiya galeriyasiga borganda, homilasi ilk marotaba qimirlagan. Shundan keyin u o`g`il farzand ko`rsa, Leonardo da Vinchining sharafiga uni Leonardo Di Kaprio, deb atashni niyat qilgan.

    Boshqa yangiliklar