Dunyoning barcha bodibilderlari janubiy afrikalik Sifiso Lungelo Tabetning o`limidan larzaga tushdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Nashrning xabar berishicha, 5 avgust kuni navbatdagi shoulardan birida boshlovchi Tabetning nomini e`lon qilgach, maydonga chiqayotgan Sifiso Lungelo Tabet muvaffaqiyatsiz ravishda salto otib, boshi bilan erga yiqildi va bo`yni sindi. Shifokorlarning uning hayotini saqlab qolish uchun qilgan barcha harakatlari besamar ketdi, sportchi vafot etdi. 23 yoshli Tabet yoshlar orasida dunyo chempioni edi.
Sportchining do`stlari, muxlislari Instagram ijtimoiy tarmog`ida uning yaqinlariga ta`ziya izhor qilishdi.