AsosiyShou-biznes

​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

'​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI'ning rasmi

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.

Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik bilan shug`ullanishini ma`lum qilgan edi.

Sitoraning to`yi ijtimoiy tarmoqlar orqali juda keng muhoma qilindi. Internet foydalanuvchilari Sitoraning yoshi katta, oilali erkakka turmushga chiqqani haqida yozishdi. Turli ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda Sitoraning turmush o`rtog`i haqidagi turli ma`lumotlar tarqaldi. Xususan, aktrisaning nima uchun O`zbekistonda emas, xorijiy davlatda turmushga chiqqani qizg`in muhokama qilindi.

Aktrisa mazkur holatga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida munosabat bildirdi:

"Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Meni o`ylab, vaqt ajratib g`iybat qilganingiz va siz umringizdan ajratilgan vaqtingizni meni g`iybat qilish uchun ajratganingiz uchun rahmat sizlarga!

Endi esa o`z hayotingizdagi muamolaringizni hal qiling, o`ziz uchun ham yashang internet tarmoqlaridagi harhil ig`vo gaplardan chetlanib o`z hayotingiz haqida, rejalaringiz haqida o`ylang. Men bu ig`volarga etibor qilmayman.Chunkiy ig`vo doim bo`lgan va bo`ladi. Men esa bugun juda bahtiyorman eng muhimi shu! Barchangizga katta raxmat! Menga dushmanlik qilaman deb yaxshilik qilib qo`ygan hurmatli YO`Q HOTINGA ham o`z minnatdorchiligimi bildirib qolaman".

Boshqa yangiliklar