AsosiyDunyo

​MOSKVALIKLAR KO`ChA MUSIQAChILARINI METRO XODIMIDAN HIMOYa QILIShDI (VIDEO)

'​MOSKVALIKLAR KO`ChA MUSIQAChILARINI METRO XODIMIDAN HIMOYa QILIShDI (VIDEO)'ning rasmi

Metro xodimi metro bekatida “konsert” qo`yayotgan artistlarni haydamoqchi bo`lganda, ularni o`tkinchilar himoya qildi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Moskvaliklar “Medvedkovo” metro bekatida “konsert” qo`ygan ko`cha musiqachilarining tomoshani tugatishlariga yordam berishdi.

Artistlar bir nechta paqirlarni to`ntarib qo`yib, musiqa chalishdi. Ularning “konserti”ni tomosha qilish uchun atroflariga tomoshabinlar yig`ildi. Odamlar to`planganligini ko`rgan metro xodimi paqirni tepib, musiqachilardan zudlik bilan bekatni tark etishni so`radi. Metro xodimining yoniga kelgan o`tkinchilar “konsert tomosha qilishga xalaqit qilmaslikni” iltimos qilishdi. Metro xodimi o`tkinchilarning iltimosidan keyin ularni tinch qo`ydi, musiqali konsert esa davom etdi.


    Boshqa yangiliklar