AsosiyDunyo

​“BIG-BEN” KURANTI TA`MIRLASh UChUN 4 YILGA TO`XTATILADI

'​“BIG-BEN” KURANTI TA`MIRLASh UChUN 4 YILGA TO`XTATILADI'ning rasmi

Vestminster saroyining mashhur “Big-Ben” nomi bilan mashhur kuranti ta`mirlash ishlari munosabati bilan to`rt yilga to`xtatiladi, deb xabar berdi Meduza.io nashri.

Kurant 21 avgust kuni tushdan keyin to`xtatiladi. Kurant sadolari endi 2021 yilda yangraydi. 21 avgust kuni London ahli va mehmonlari Vestminster saroyiga taklif etilib, to`rt yillik ta`tilga chiqish oldidan so`nggi bora kurant sadolarini eshitish uchun taklif etildi.

Ta`mirlash ishlari vaqtida soatning to`rtta siferblati, zang mexanizmi ta`mirlanishi ko`zda tutilgan. Mazkur ta`mirlash ishlari uchun 30 million funt sterling sarflanishi rejalashtirilgan.

Vestminster saroyi minorasidagi kurant 1859 yilning 31 may kuni ishga tushirilgan. Soat 157 yildan beri to`xtovsiz ishlaydi, u bir necha marotaba qisqa vaqtga to`xtatilib, ta`mirlash ishlari olib borilgan va turli sabablarga ko`ra zangi to`xtatib qo`yilgan.

Soat o`rnatilgan minora emas, balki kurantlarning katta qo`ng`irog`i va soatning o`zi “Big-Ben” deb ataladi. Vestminster saroyining soat o`rnatilgan minorasi 2012 yildan boshlab, “Elizaveta minorasi”, deb nomlangan.

    Boshqa yangiliklar