1

8 NAFAR BEMOR BOLA DAVOLANISh UChUN GERMANIYaGA JO`NAB KETIShDI

Salomatlik 15.08.2017, 15:41
8 NAFAR BEMOR BOLA DAVOLANISh UChUN GERMANIYaGA JO`NAB KETIShDI
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga har tomonlama ko`mak berishda, ayniqsa ularning salomatligi yo`lida «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg`armasi xayrli ishlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda.

Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida navbatdagi 8 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolanish uchun jamg`arma vakillari xamrohligida Germaniyaga jo`nab ketishdi, deb xabar qilindi “Uzbekistan24.uz”da.

Ushbu jamg`arma hozirda bir qator loyihalar asosida kam ta`minlangan oilalardagi bemor bolalarni ijtimoiy va tibbiy jihatdan qo`llab-quvvatlash borasida chet el nufuzli klinikalarida davolash maxsus dasturini ishlab chiqqan bo`lib, jumladan, Germaniyaning «Friedensdorf International» xalqaro tashkiloti bilan birgalikda 2002 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo`lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitasiya qilish borasida turli tashxislar bilan Germaniya klinikalarida davolanishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1