AsosiyDunyo

88 KILOGRAMMGA OZGAN BRITANIYaLIK ERKAK 20 YIL MOBAYNIDA ILK MAROTABA VANNA QABUL QILDI

'88 KILOGRAMMGA OZGAN BRITANIYaLIK ERKAK 20 YIL MOBAYNIDA ILK MAROTABA VANNA QABUL QILDI'ning rasmi

37 yoshli britaniyalik Charlz Plask bundan bir yil ilgari 200 kilogramm vaznga ega edi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Erkak vaznining uchdan bir qismini yo`qotgach, so`nggi 20 yil mobaynida ilk marotaba vanna qabul qildi. Plask yaqin do`stida saraton kasalligi aniqlangach, sog`ligi bilan shug`ullanishga qaror qildi.

“Do`stimning bedavo dardga yo`liqqanini eshitib, sog`ligim bilan jiddiy shug`ullanishga qaror qildim. Biroq ozishimning yagona sababi bu emas. Bir kuni kechasi karavotimdan turayotganimda tizza sohamda yoqimsiz g`irchillash eshitildi. Bundan o`takam yorildi. Tizza kosasi vaznimni ko`tara olmay, yorilib ketgan ekan”, deydi Charlz.

Shifokorlar Plaskka oshqozonini operasiya qilib kichraytirishni, shu bilan birga lipoksasiya qilishni taklif qilishdi. Biroq Charz tabiiy yo`l bilan ozishga harakat qildi. U tana mashqlari kompleksi bilan birga qat`iy parhezga amal qildi. Uning sa`y-harakatlari tez orada o`z samarasini ko`rsatdi. Charlz 20 yil mobaynida ilk marotaba vanna qabul qildi .U ilgarilari semizligidan vannaga sig`masdi, samolyotda parvoz qilish uchun ikki kishilik chipta olishga majbur edi.

Charlz ozishida yordam bergan do`stlariga, qarindoshlariga, sevgan qiziga minnatdorchilik bildirdi. “Bir umr yolg`iz o`tsam kerak, deb o`ylardim. Ammo yaqinda juftimni topdim. Men judayam baxtliman!”, dedi Charlz Plask.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar